“Qizilqum”ga qarshi oʻyindan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Samvel Babayan oʻz fikrlarini bildirdi.
– Bugun ikki jamoa vakillari ham gʻalaba uchun oʻynashdi. Biz ikkinchi oʻrin uchun ayni damda kurash juda qizgʻin kechmoqda. Oʻyin ham anchagina qiziqarli boʻldi. Afsuski ketma ket duranglar qayd etyapmiz, juda gʻalati gollar oʻtazib yuboryapmiz, koʻplab imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz. Qilayotgan mehnatlarimiz ertami kechmi oʻz foydasini beradi. Bunday qiyin holatda yigitlar kuchni birlashtirib, ishlashda davom etishlari kerak. Futbolchilar bugun qiyin oʻyinda oxirigacha harakat qilishganlari uchun rahmat aytmoqchiman. Urilgan goldan keyin ham hujumkorlikni susaytirishmadi. Bugungi oʻyinni tomosha qilganlar, albatta, bundan zavq olishdi deb oʻylayman.
“Qizilqum”ning yoʻqotadigan hech narsasi yoʻq holatda. Ular tarkibida yosh bolalar emas, yetarlicha tajribaga ega boʻlgan futbolchilar oʻynaydi. Shuningdek, legionerlarning saviyasi ham unchalik yomon emas. Ularning sifatini yaxshi baholay olgandik. Oʻtgan uy oʻyinida 10 kishi boʻlib, ular “Nasaf”ga magʻlub boʻlishmadi. Shunday ajoyib jamoasi bor “Qizilqum” qanday qilib, soʻnggi pogʻonada yurganiga tushuna olmadim.