Tayyorlov guruhlari musobaqasi “Lokomotiv-2006” keyingi bosqichda

Respublika tayyorlov guruhlari musobaqasida ishtirok etayotgan “Lokomotiv” futbol maktabining 2006-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchilari guruh oʻyinlarini ijobiy yakunlab keyingi bosqichga yoʻl oldi.

Sunnat Roʻziyev boshchiligidagi futbolchilarimiz beshta oʻyinda 12 ochko toʻplashdi. Bu jamoaning “Metallurg” bilan zaxirada bitta oʻyini bor, shunga qaramay “Lokomotiv-2006” vazifani muddatidan oldin bajardi.

1-tur. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 1:0
2-tur. “Paxtakor” – “Lokomotiv” 1:2
4-tur. “Metallurg” – “Lokomotiv” 1:8
5-tur. “Lokomotiv” – “Paxtakor” 1:0
6-tur. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 4:1

3-turdan oʻrin olgan “Lokomotiv” – “Metallurg” bahsi boshqa kunga qoldirilgan. Guruhdan “Lokomotiv” va “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari keyingi bosqichga yoʻl olishdi.