15-sentyabr kuni Coca Cola Superligasi 19-turida “Lokomotiv” oʻz maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi.
Mazkur bahsni Ahrol Risqullayev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu oʻyin Risqullayev uchun bu yil hisobidan “Lokomotiv” ishtirokidagi ikkinchi uchrashuv boʻladi. Risqullayev birinchi marta “Lokomotiv” – “Bunyodkor” bahsini boshqarib, bu oʻyinda 0:0 hisobi qayd etilgandi.
Quyida Ahrol Risqullayev ishlagan oʻyinlarni keltirib oʻtamiz:
10.03.2019. “Surxon” – “Metallurg” 1:1
07.04.2019. “Buxoro” – “Qizilqum” 1:1
13.04.2019. “Bunyodkor” – “Andijon” 1:0
27.04.2019. “Metallurg” – “Qoʻqon-1912” 3:1
17.05.2019. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 0:0
25.05.2019. “Navbahor” – “Andijon” 1:1
28.06.2019. “Dinamo” – “Bunyodkor” 1:2
31.07.2019. “Bunyodkor” – “Surxon” 3:0
27.08.2019. “Soʻgʻdiyona” – AGMK 1:0
Coca Cola Superligasi. 19-tur
LOKOMOTIV – METALLURG
Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
Qanot hakamlari: Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov.
Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Abbos Ahrorov
15-sentyabr. “Lokomotiv” stadioni. 18:30