Bugun “Lokomotiv” futbol klubida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tavsiyasiga binoan “Biz terrorchilik va diniy ekstremizmga qarshimiz!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida “Lokomotiv” PFK rahbariyati, asosiy va o‘rinbosarlar tarkibi murabbiylar shtabi, ayollar, futzal, futbol maktabimiz murabbiylari hamda klub ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Bunda DXX xodimi Javohir Xudoyberdiev so‘z olib, asosiy e’tiborni farzandlarimizning turli diniy oqimlarga kirib ketishi oldini olish, ularni internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan terrorchilik g‘oyalaridan asrash, islom dini haqida to‘g‘ri tushuncha berishga qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, katta ekranda Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan “Hujratdagi zulmat” fil’mi namoyish qilindi. Hujjatli fil’m namoyishidan so‘ng terrorizm sari yetaklovchi har qanday yo‘l qoralanishi, ayniqsa farzandlarimizni bu yo‘lga kirib ketishidan ehtiyot qilishimiz yuzasidan atroflicha fikr-mulohaza bildirildi.