Oston Oʻrunov – “Lokomotiv” futbolchisi!

Yosh umidli yarim himoyachilardan biri Oston Oʻrunov “Lokomotiv” PFK bilan shartnoma tuzdi.

Shu yil 19 yoshni qarshi oladigan futbolchi bungacha “Navbahor”da toʻp tepib kelayotgandi, bundan buyon u “temiryoʻlchilar” sharafini himoya qiladi. Oston Oʻrunov kechagi mashgʻulotda jamoa aʼzolariga tanishtirildi va “Loko” safida ilk mashgʻulotini oʻtkazdi.

Maʼlumot uchun, Oston Oʻrunov 2000-yilning 19-dekabr kuni tugʻilgan. 2017-2019 yillar davomida “Navbahor” tarkibida harakat qilib, Oʻzbekiston chempionati doirasida 51 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Shu oʻrinda Ostonga “Lokomotiv” oilasiga xush kelibsan deb qolamiz va “temiryoʻlchilar” safidagi faoliyatiga omad tilaymiz.