Superliga. “Lokomotiv”dan birinchi davra yakunlari

Ayni paytda Superliga klublari yozgi tanaffusga chiqqan. Bu esa mavsumning birinchi yarmini sarhisob qilish uchun qulay vaqt hisoblanadi.

Quyida “Lokomotiv”ning birinchi davradagi ishtirokini raqamlar orqali keltirib oʻtamiz. Oʻzbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” birinchi davrani ikkinchi oʻrinda tugatdi. “Temiryoʻlchilar” boʻlib oʻtgan 13ta oʻyinda 27 ochko toʻplashdi. Jamoamiz 8 bor gʻalabaga erishgan boʻlsa, 3 marta durang qayd etib, 2 ta oʻyinda magʻlubiyatga uchradi. Toʻplar nisbati 24-10.

1-tur. “Paxtakor” – “Lokomotiv” 3:1
Gol: Arslanmirat Amanov

2-tur. “Lokomotiv” – “Navbahor” 1:0
Gol: Temurxoʻja Abduxoliqov

3-tur. “Lokomotiv” – “Andijon” 4:0
Gollar: Anzur Ismoilov, Igor Yelich, Temurxoʻja Abduxoliqov, Jamshid Iskanderov.

4-tur. “Lokomotiv” – AGMK 2:1
Gollar: Temurxoʻja Abduxoliqov, Islom Toʻxtaxoʻjayev.

5-tur. “Buxoro” – “Lokomotiv” 0:2
Gollar: Arslanmirat Amanov, Temurxoʻja Abduxoliqov.

6-tur. “Lokomotiv” – “Qizilqum” 3:1
Gollar: Jamshid Iskanderov, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Temurxoʻja Abduxoliqov.

7-tur. “Lokomotiv” – “Qoʻqon-1912” 2:2
Gollar: Temurxoʻja Abduxoliqov, Diyor Turopov.

8-tur. “Metallurg” – “Lokomotiv” 0:0

9-tur. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 0:0

10-tur. “Nasaf” – “Lokomotiv” 0:1
Gol: Temurxoʻja Abduxoliqov

11-tur. “Lokomotiv” – “Surxon” 5:1
Gollar: Islom Toʻxtaxoʻjayev, Yovan Jokich, Arslanmirat Amanov, Temurxoʻja Abduxoliqov, Azizbek Amanov.

12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” 2:1
Gol: Temurxoʻja Abduxoliqov

13-tur. “Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona” 2:0
Gollar: Sardor Mirzayev, Jamshid Iskanderov.

Ketma-ket 5ta gʻalaba

“Lokomotiv” Superliganing ilk turini magʻlubiyat boshladi. Biroq shundan soʻng qatorasiga 5ta gʻalabani qoʻlga kiritdi. “Temiryoʻlchilar” navbati bilan “Navbahor”, “Andijon”, AGMK, “Buxoro” va “Qizilqum” klublarini magʻlub etishdi. Mana shu beshta uchrashuvdagi toʻplar nisbati 12-2 koʻrinish oldi.

Qatorasiga 3 durang

Ketma-ket beshta gʻalabadan soʻng uchta durang kuzatildi. “Lokomotiv” avvaliga oʻz maydonida “Qoʻqon-1912” bilan 2:2 oʻynadi. Soʻngra safarda “Metallurg”ga qarshi va oʻz maydonida “Bunyodkor” bilan 0:0 hisobini qayd etdi. Qatorasiga uchta durangdan soʻng jamoa aʼzolari ikki oʻyinda zafar quchishdi: “Nasaf” va “Surxon” klublari magʻlub etildi. Lekin Samarqandga safar uyushtirgan jamoamiz magʻlubiyat bilan qaytdi va birinchi davraning oxirgi turida oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona” ustidan 2:0 hisobida gʻalabaga erishdi.

Kim nechta gol urdi?

“Loko” futbolchilari birinchi davrada raqiblar darvozasini 24 bor ishgʻol etishdi. Eng koʻp gol urgan futbolchi Temurxoʻja Abduxoliqov boʻlib turibdi. Uning hisobida 9ta gol bor. Darvoqe Temurxoʻja toʻpurarlar poygasida Aleksandr Kasyan (“Navbahor”) va Xumoyun Murtazoyev (“Nasaf”) bilan birgalikda ikkinchi oʻrinda boryapti. Birinchi oʻrindagi Dragan Cheran (“Paxtakor”) hisobida 15ta gol bor.

Jamoamizdan uch nafar futbolchi – Jamshid Iskanderov, Islom Toʻxtaxoʻjayev va Arslanmirat Amanov 3tadan gol muallifi boʻlishdi. Shuningdek, Anzur Ismoilov, Diyor Turopov, Yovan Jokich, Sardor Mirzayev, Igor Yelich va Azizbek Amonov bir martadan toʻp kiritishdi.

Temurxoʻja Abduxoliqov – 9
Jamshid Iskanderov – 3
Islom Toʻxtaxoʻjayev – 3
Arslanmirat Amanov – 3
Anzur Ismoilov – 1
Diyor Turopov – 1
Yovan Jokich – 1
Sardor Mirzayev – 1
Igor Yelich – 1
Azizbek Amonov – 1

Uch futbolchida toʻliq koʻrsatkich

Birinchi davraning 13ta oʻyinida toʻliq harakat qilgan futbolchilar: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov va Oleg Zoteyev. Aynan shu uch nafar futbolchi “Loko” tarkibida uzluksiz toʻp tepishdi. Ularning maydonda harakat qilgan daqiqasi 1170ni tashkil etdi.

Temurxoʻja Abduxoliqov bilan Jamshid Iskanderov ham 13ta bahsda maydonga tushdi. Islom Toʻxtaxoʻjayev va Diyor Turopov 12ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa, Davron Hoshimov, Yovan, Jokich, Arslanmirat Amanov 11tadan bahsda ishtirok etishdi. Umuman olganda “Loko” safida birinchi davra oʻyinlarida 20 nafar futbolchi harakat qildi.

Kim nechta oʻyinda maydonga tushdi?

Anzur Ismoilov – 13 oʻyin/1170 daqiqa
Javohir Ilyosov – 13 oʻyin/1170 daqiqa
Oleg Zoteyev – 13 oʻyin/1170 daqiqa
Temurxoʻja Abduxoliqov – 13 oʻyin/1039 daqiqa
Jamshid Iskanderov – 13 oʻyin/803 daqiqa
Islom Toʻxtaxoʻjayev – 12 oʻyin/1048 daqiqa
Diyor Turopov – 12 oʻyin/562 daqiqa
Davron Hoshimov – 11 oʻyin/958 daqiqa
Yovan Jokich – 11 oʻyin/854 daqiqa
Arslanmirat Amanov – 11 oʻyin/753 daqiqa
Sardor Mirzayev – 10 oʻyin/855 daqiqa
Filip Rayevas – 9 oʻyin/130 daqiqa
Igor Yelich – 8 oʻyin/559 daqiqa
Husniddin Gʻofurov – 8 oʻyin/471 daqiqa
Azizbek Amonov – 8 oʻyin/369 daqiqa
Aziz Haydarov – 7 oʻyin/445 daqiqa
Avazbek Oʻlmasaliyev – 4 oʻyin/180 daqiqa
Shuhrat Muhammadiyev – 3 oʻyin/212 daqiqa
Vladislav Fomin – 2 oʻyin/53 daqiqa
Javohir Alijonov – 1 oʻyin/11 daqiqa