Temurxo’ja Abduxoliqov – “Lokomotiv”da birinchi davraning eng yaxshi futbolchisi

Telegram kanalimiz orqali “Lokomotiv” tarkibida birinchi davraning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so’rovnoma tashkil qilgandik.

Ushbu so’rovnoma yakunlariga ko’ra Temurxo’ja Abduxoliqov g’oliblikni qo’lga kiritdi va birinchi davrada tarkibimizdagi eng yaxshi futbolchiga aylandi.

Qayd etish kerak, Abduxoliqov birinchi davrada 13 o’yinda 9 gol kiritdi va 1 golga assistentlik qildi.

photo_2019-07-12_11-22-19photo_2019-07-12_11-22-19