Andrey Fyodorov: “Bugun sekin oʻynadik”

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot “temiryo’lchilar” ustozi Andrey Fyodorov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

– Bu oʻyinni muhokama qilish qiyin. Oʻyinimiz oʻxshamadi. Sekin tezlikda oʻynadik. “Bunyodkor” eʼtiborini himoyaga qaratgani bois, qarshi hujumlarga oʻtib ketishdi. Yigitlardan toʻpni tezroq harakatlantirishni soʻragandim. Biroq oʻyin oʻxshamadi. Shu boisdan ayta olaman, bugungi natija adolatli edi. Bugun biz gʻalabaga loyiq emasdik. Birinchi boʻlimda yaxshi vaziyatlardan foydalana olmagan boʻlsak ham shu fikrimda qolaman. O’yin borasida boshqa izoxim yoʻq.