Anzur Ismoilov: “Bunyodkor” – ajoyib jamoa”

“Lokomotiv” himoyachisi Anzur Ismoilov “Bunyodkor”ga qarshi oʻyin oldidan o’z fikrlarini bildirib oʻtdi.

– “Bunyodkor” – iqtidorli, ajoyib yoshlardan tashkil topgan jamoa. Ular shu yoshida Superligada yaxshi oʻyin koʻrsatayotgani menga juda ham yoqmoqda. Futbolchilar taktik va texnik tomondan kuchli oʻynamoqda, toʻp oshirishlari ham tartibli. Shu bois bugun chiroyli oʻyin boʻlishiga ishonaman.

– Osiyo chempionlar ligasida ham oʻynayapmiz. Bir nechta frontda kurash olib borayotganimiz uchun tiklanishga vaqt yetmay qolyapti. Superligamiz anchagina kuchaygan. Barcha jamoalar himoyada ham, hujumda ham oʻynashni biladi. Shu bois Superligada oʻyinlar qiyin oʻtmoqda. Oldinda hali bahslar juda koʻp.