Andrey Fyodorov: “Ertaga Oʻzbekiston uchun ham gʻalaba qozonishimiz zarur”

OCHL-2019 guruh bosqichi 6-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” – “Ar Rayan” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Andrey Fyodorov va himoyachi Islom Toʻxtaxoʻjayev ishtirok etdi.

“Guruhda kimlar chiqdi va kimlar qolib ketganini tushunib turibmiz. Ammo biz professionallarmiz, shu bois guruhni yaxshi natija bilan tugatishni istaymiz. Bundan tashqari OCHL kvotalari uchun ham gʻalaba qozonishimiz kerak. Ertaga nafaqat oʻzimiz balki Oʻzbekiston uchun gʻalaba qozonishimiz zarur.
Umuman olganda guruhdagi barcha oʻyinlarni yaxshi boshladik. Biroq negadir keyin siz aytgandek ishlarimiz yaxshi ketmadi. Futbolchilardan sababini soʻrasak ayta olishmaydi, bu hayot, unda xatolar boʻlib turadi. Bu OCHL, unda doim ham oʻynayvermaysiz. Shu bois bu musobaqada motivatsiya topa olmasak uyogʻini gapirmasak ham boʻladi.

Islom Toʻxtaxoʻjayev: “Ertaga oʻzbek futboli uchun oʻyin boʻladi. Bu ochkolarni qoʻlga kiritishimiz shart. Muxlislar kelib bizni qoʻllab turishadi deb umid qilaman”