Transferlar yangiligini boshlaymiz. Suhrob Sultonov – “Lokomotiv” darvozaboni!

Bir yilda Proligadan Superligaga qaytgan “Lokomotiv” o‘z tarkibiga yangi futbolchilarni jalb qilishni boshladi. Mahoratli darvozabon Suhrob Sultonov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Suhrob Sultonov 1990 yil 26-mart kuni tug‘ilgan. Bo‘yi – 196 sm. U o‘tgan mavsumni “Bunyodkor” safida o‘tkazdi. Sultonov shuningdek OKMK, “Metallurg”, “Dinamo”, “NBU-Osiyo” kabi klublarda ham faoliyat olib borgan.

Suhrob Sultonovga omad tilagan holda “temiryo‘lchilar” safiga xush kelibsan deb qolamiz.

suha