Jamoamiz 9-yanvardan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Ayni paytda bir nechta futbolchilar bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokara ketmoqda.
“Lokomotiv” PFK serbiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Tanishing: Ivan Rogach, 1992-yil 18-iyun kuni tug‘ilgan. Fuqaroligi: Serbiya.
Bo‘yi – 192 sm. bo‘lgan Ivan Rogach himoya markazida harakat qiladi. Oxirgi to‘p tepgan jamoasi – Qozog‘istonning “Tobol” klubi.
U tez orada “temiryo‘lchilar” safiga qo‘shiladi.