🚂 “Lokomotiv”ning yoshlar va asosiy jamoasi Antaliyada yig’in o’tkazadi

👉 “Lokomotiv” yangi mavsum uchun tayyorgarlikni 9-yanvar kunidan boshlaydi.

👉 Jamoamiz shu kuni o’z qarorgohida yig’iladi. Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi qismi Toshkentda o’tkaziladi.

📅 7-fevral kuni esa “Lokomotiv”ning U-21 hamda asosiy jamoalari o’quv-mashg’ulot yig’inlari uchun Turkiyaga jo’nab ketadi.

🇹🇷 Asosiy jamoamiz Antaliyaning Lara shahrida, yoshlar jamoamiz esa Belek shahrida yig’inlar olib borishadi. Hozircha yig’inlar davomida ikkala jamoamiz 5tadan nazorat o’yinlarida qatnashishi rejalashtirilgan. Nazorat o’yinlari qachon va qaysi raqiblarga qarshi bo’lishini keyinroq ma`lum qilamiz.

🔚 Antaliyadagi yig’inlar 21-fevralda yakunlanadi.