🚂 To‘labek Akramov – “Lokomotiv” PFK vise-prezidenti 🔥

👉 2013-yildan beri “Lokomotiv” PFKda faoliyat yuritib kelayotgan To‘labek Abrarovich Akramov klub vise-prezidenti etib tayinlandi.

👉 Ma’lumot uchun, To‘labek Abrarovich shu paytgacha “Lokomotiv” PFK bosh menejeri vazifasida ishlab kelayotgan hamda 21-dekabr kuni ushbu lavozimga Marat Bikmayev tayinlangani haqida xabar bergandik.

👉 Endilikda To‘labek Akramov “Lokomotiv” PFK vise-prezidenti sifatida faoliyat olib boradi. Shu o‘rinda To‘labek Abrarovichga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz.👏