Futzal. 7-turning ikkinchi o’yinimizda ham durang

Jizzaxda futzal bo’yicha mamlakat chempionatining 7-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

Bugun futzal jamoamiz tur doirasidagi ikkinchi o’yinida “Metallurg”ga qarshi bahs olib bordi va yana durang qayd etdi. Kecha futzalchilarimiz “Bunyodkor” bilan ham murosa ko’chasini tanlashgandi.

Oliy liga. 7-tur
“Metallurg” – “Lokomotiv” 4:4
⚽️ Gollar: Oʻtkir Haydarov (6), Shamshodjon Savriddinov (11, 32), Mahmudjon Abduhamidov (40) — Sherzod Qodirov (1), Boburbek Ergashev (16), Ilyos Mallayev (18), Burxoniddin Sodiqov (20)
Chetlatish: Ulugʻbek Xudoyorov (29, “Metallurg”).