E`tiborimiz markazida – “Lokomotiv-W”! ‍

Voxid Xolboyev boshchiligidagi “Lokomotiv-W” ayollar jamoasi 2023-yilgi mavsum uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tarkibda yangiliklar va o’zgarishlar katta. Xususan, o’tgan mavsum davomida ayollar jamoamiz tarkibida harakat qilgan Kamila Yumangulova, Sitora Pirnazarova, Shahzoda Jamolova, Jesika Kruchinina, Oysara Suyunova, Jasmina Abdug’aniyeva, Omadxon Sultonova, Nilufar Yo’ldosheva, Laylo Tosheva, Maftuna Jo’rayeva, Mahzuna Abdukarimova, Shodiyabonu Eshmurodova, Dinora Abdusamadova kabi futbolchilarning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Ularning o’rniga ushbu futbolchilar bilan shartnoma imzolandi:

Olga Qaxxorova (“Bunyodkor-W” jamoasidan)
Ziyoda Isoqova (“Bunyodkor-W”)
Zuxra Tursunaliyeva (AGMK-W)
Alisa Zaxarenko (“Paxtakor-W”)
Yekaterina Salnikova (“Qizilqum-W”)
Lidiya Sema (“Qizilqum-W”)
Madina Vohidova (“Qizilqum-W”)
Polina Mixanko (“Bunyodkor-W”)
Lianna Norbekova (“Sevinch”)
Soliha Husniddinova (“Sevinch”)
Angelina Polyushkevich (“Sevinch”)
Albina Boboqulova (“Buxoro-W”)
Aksungul Kurbashova (“Bunyodkor-W”)
Sevinch Rahmatullayeva (AGMK-W)