🚂 “Lokomotiv” – 21 yoshda! 🎂

Kecha 18-fevral, “Lokomotiv” futbol klubi tashkil topganiga 21 yil to’ldi.

2002-yil 18-fevralda “Lokomotiv” rasman tashkil etilib, futbol klub maqomida o’z faoliyatini boshlagandi. Dastlabki ikki mavsumni birinchi ligada o’tkazgan “temiryo’lchilar” 2004-yil ilk bor Oliy ligaga yo’llanma olishgan.

O’tgan 21 yil mobaynida “Loko” 3 marta O’zbekiston chempioni (2016, 2017, 2018), 3 bor O’zbekiston Kubogi sohibi (2014, 2016, 2017) hamda ikki marta O’zbekiston Superkubogi sohibi (2015, 2019) bo’ldi. 4 marta (2013, 2014, 2015, 2019) chempionatimiz kumush medallari hamda 2012-yilda bronza medallari egasiga aylandi.

Bundan tashqari jamoamiz 2016-yil Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar yetib borgan.

Ushbu bayram bilan barcha “temiryo’lchilar”ni tabriklab qolamiz!