🇭🇷 Shime Jujul – “Lokomotiv” futbolchisi! ✅

Yangi mavsumda o’z oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo’ygan va buning uchun jididy tayyorgarlik olib borayotgan “Lokomotiv” o’z tarkibiga yana bir legionerni qo’shib oldi.

Gap xorvatiyalik 26 yoshli hujumchi Shime Jujul haqida ketmoqda. O’tgan mavsum Singapur chempionati vakili “Geylan” klubi tarkibida 29 o’yinda 19 gol va 7 assist qayd etgan futbolchi yangi mavsumda jamoamiz tarkibida harakat qiladi.

Qayd etish kerak, Shime faoliyati davomida 153 o’yinda maydonga tushib, 58 gol va 32 assist qayd etgan.

🚂 “Lokomotiv” axil oilasiga xush kelibsan, Jujul! 😍

photo_2023-01-02_18-40-09