Qirol qaytdi! Marat yana biz bilan 💪

2023-yilgi mavsum oldidan “Lokomotiv” tarkibida gol urish bo’yicha yetakchi Marat Bikmayev jamoamizga qaytdi.

🔙 2014-2018 hamda 2020-2021-yillar davomida jamoamiz tarkibida harakat qilgan Marat yana o’zining jonajon jamoasi tarkibida o’ynaydi.

🚂 “Loko” tarkibidagi 7 mavsumlik faoliyati davomida 189 o’yinda 89 gol kiritgan Bikmayev “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi.

“Lokomotiv”ga qaytganing muborak boʻlsin, Marat!🚂👏