⚽️ Muxlislar uchun yangi yilda yangi rejalar

🚂 “Lokomotiv” PFKning 2023-yildan umidi katta. Eng avvalo jamoamizni bir yilning o‘zida Superligaga qaytarishni maqsad qilganmiz.

👉 Bundan tashqari, “Lokomotiv” muxlislar klubi bilan keng hajmdagi ishlarni amalga oshirish rejasi tuzilmoqda. Bu yildan fan-klubga a’zo muxlislar uchun “12-sektor” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi. Aslida loyiha ishlab kelmoqda va fan-klubimiz yetakchilaridan biri Sa’dulla Muzapparov bosh-qosh bo‘lyapti.

⚽️ Nega aynan 12-sektor? Gap shundaki, “Lokomotiv” stadionida aslida 10ta sektor bor. Muxlislar jamoamizning 12-o‘yinchisi hisoblangani uchun ishqibozlarga ajratilgan FAN HOUSEda “12-sektor” loyihasi ustida ish olib boriladi.

👉 Bu yerda ishqibozlar o‘yindan oldin to‘planib, jamoamiz kabi bo‘lajak bahsga tayyorgarlik ko‘radi, o‘yindan keyin esa muxlislar tribunada o‘zini qanday tutgani va jamoaga muxlislik qay darajada bo‘lgani muhokama qilinadi.

👉 FAN HOUSEda “Lokomotiv” muxlislar klubi shakllantiriladi va fan-klub yangi a’zolari ro‘yxatga olinadi. Muxlislar “Loko”ga ishqibozlik qilish orqali FAN HOUSEda yangi do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

👉 Nasib qilsa, bu yil stadionimizga tashrif buyuruvchilar sonini yanada oshirib, ajoyib muhitni yuzaga keltirishni maqsad qilganmiz.💪