🇹🇷 Turkiya yig’inidagi yana 2 nazorat o’yinlaridagi raqiblar aniq bo’ldi

Oldinroq ma’lum qilganimizdek, “Lokomotiv” 20-yanvardan 4-fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida o’quv-yig’in mashg’ulotlarini olib boradi.

Ushbu yig’in doirasida jamoamiz 6ta sinov-nazorat o’yinlarida ishtirok etishi reja qilingan. Bunga qadar jamoamiz 22-yanvar kuni “Krasnodar-2” hamda 27-yanvar kuni “Dukadjini” jamoasiga qarshi bahs olib borishini ma’lum qilgandik. Bugunga qadar yig’in doirasidagi yana 2 raqib aniq bo’ldi.

Ular – Shimoliy Makedoniya chempionati peshqadami 🇲🇰 “Struga Trim-Lum” hamda Rossiyaning 🇷🇺 “Ufa” jamoasi.

22.01.2023 📅
“Lokomotiv” 🇺🇿 – 🇷🇺 “Krasnodar-2” (Rossiya)

25.01.2023📅
“Lokomotiv” 🇺🇿 – 🇲🇰 “Struga Trim-Lum” (Shimoliy Makedoniya)

27.01.2023 📅
“Lokomotiv” 🇺🇿 – 🇽🇰 KF “Dukadjini” (Kosovo)

02.02.2023 📅
“Lokomotiv” 🇺🇿 – 🇷🇺 “Ufa” (Rossiya)

zbor