Nazorat o’yinida “Mash’al” mag’lub etildi

Bugun jamoamiz “Lokomotiv” stadionida “Mash’al”ga qarshi nazorat o’yinini o’tkazdi.

Unda “temiryo’lchilar” yirik 3:0 hisobida g’alabaga erishdi. Bahsdagi gollarni Sanjar Qodirqulov, Jasur Jaloliddinov hamda Nurmuhammad Toshpo’latov kiritdi.