Nazorat o’yinida “Neftchi”ga mag’lub bo’ldik

Bugun “Bunyodkor” akademiyasi maydonida “Neftchi” hamda “Lokomotiv” jamoalari o’rtasida nazorat o’yini bo’lib o’tdi.

Unda farg’onaliklar 3:1 hisobida irodali g’alabaga erishdi. Jamoamiz tarkibidan golni Jasur Jaloliddinov urdi.