Shavkat Axmedjanov hamda Sarvar Otaboyev boshchiligidagi 2009-yilda tug’ilgan futbolchilarimiz Namanganda OʻFA Birinchiligi musobaqasida U-13 jamoamiz final yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Yarim finalda jamoamizga Namangan FMM raqiblik qildi. Qiziqarli bahs penaltilar seriyasigacha bordi va unda omad yosh tarbiyalanuvchilarimizga kulib boqdi, 6:5.
“Lokomotiv” U-13 – Namangan FMM 2:2
Gollar: Asad Qosimjonov, Jasur Boymirzayev
Shu o’rinda Shavkat Axmedjanov hamda Sarvar Otaboyevga, uning jamoasiga final o’yinida omad yor bo’lishini tilab qolamiz! 👍🚂