▶️ “Lokomotiv” futbol klubi so’nggi yillarda yosh futbolchilarga o’zlarini ko’rsatishi uchun katta yo’l ochib bermoqda.
▶️ Yosh hujumchimiz Ali Abdurahmonov o’tgan mavsum U-18 va U-21 jamoamiz safida sermahsullik qayd etib, umumiy hisobda 19ta gol bilan mavsumni yakunlagandi.
▶️ Uning mavsumdagi o’yinlari nafaqat asosiy jamoamiz murabbiylar shtabi, balki, muxlislar orasida ham olqishlarga sazovar bo’ldi.
⚽️ Coca Cola Superligasi 2-turi doirasida AGMKga qarshi o’yinda Ali Abdurahmonov 78-daqiqada zahiradan maydonga tushdi va professional futboldagi debyutini amalga oshirdi.
👶 2003-yilda tug’ilgan forvardga “Lokomotiv” asosiy jamoasi tarkibida ham ko’plab gollar urishini tilab qolamiz.