Faol muxlislar taqdirlandi

“Lokomotiv” PFK o‘z muxlislariga e’tibor berishda davom etadi.

Coca Cola Superligasi 2-turi doirasida jamoamiz AGMKga qarshi muhim o‘yinda qatnashdi.

Qayd etish kerak, yomg‘irli ob-havo bo‘lishiga qaramasdan muxlislarimiz o‘yin davomida o‘z muxlisligi bilan futbolchilarga kuch-quvvat berib turdi.

Klubimiz rahbariyati esa AGMKga qarshi bahsda jamoamizni qo‘llashda faol bo‘lgan muxlislarni taqdirladi.