“O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi kubogi-2022”. U-16 jamoamiz 2-turda yirik g’alabaga erishdi

Sunnat Ro’ziyev boshchiligidagi 2006-yilda tug’ilgan futbolchilarimiz “O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi kubogi-2022” musobaqasining 2-turida AGMKga qarshi bahs olib bordi va unda yirik g’alabaga erishdi.

Bahsda futbolchilarimiz raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Qayd etish kerak, bahsda AGMK futbolchilariga 3 marta qizil kartochka ko’rsatildi.

“Lokomotiv” – AGMK 5:1
Gollar: Ibrohim Tursunaliyev (8), Asror Otaxonov (29), Niko Akopov (35), Rahmatilla Murodov (38), Chingiz Seytjanov (78) – Hojiakbar Niyozov (37).