Toshkent shahri kubogi. 2-turda durang

Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o’tkazilayotgan “Toshkent shahri kubogi-2022” musobaqasida 2-tur o’yinlari bo’lib o’tdi.

Unda U-21 jamoamiz 1-liga vakili “NeftGazMontaj”ga qarshi maydonga chiqdi va bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Jamoamiz tarkibidan golni Asilbek Umirzoqov kiritdi.

3-turni o’tkazib yuboradigan jamoamiz 4-turda 13-fevral kuni “Lokomotiv-BFK” bilan bahs olib boradi.