Futzal. 7-tur g’alaba bilan yakunlandi 👍

Futzal bo’yicha mamlakat chempionati 7-turi 5-kuni doirasidagi uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda.

➡️ Tur doirasidagi so’nggi o’yinimizda jamoamizga “Metallurg” raqiblik qildi. Garchi o’yinda bekobodliklar hisobni ochgan bo’lishiga qaramasdan, “Lokomotiv” futzalchilari tezkorlik bilan javob qaytarishdi. Yakuniy hisob – 6:4.

💯 Shu orqali futzalchilarimiz 7-turda 100 foizlik natija qayd etishdi.

LOKOMOTIV — METALLURG 6:4
Gollar: Jamoliddin Normirzayev (16, 25), Sarvar Shoahmedov (17), Mashrab Adilov (20, 36), Dilmurod Shavkatov (32) — Akmaljon Marifaliyev (15), Farhod Qodirov (23, 40), Ulug‘bek Xudayarov (34)