Futzal. Yana 8:2 va yana Akbar Usmonovdan poker!😍

Futzal bo’yicha mamlakat Oliy ligasi 7-turi 5-kuni doirasidagi “Lokomotiv” – “Navbahor” bahsi yakuniga yetdi.

Unda jamoamiz huddi “Maxam-Chirchiq” bilan o’yin kabi 8:2 hisobida g’alabaga erishdi. Qayd etish kerak, bahsda Akbar Usmonov yana poker qayd etdi.

“Lokomotiv” – “Navbahor” 8:2
Gollar: Akbar Usmonov (2, 3, 22, 31), Sarvar Shoahmedov (6), Mashrab Adilov (23), Dilmurod Shavkatov (35, 39) — Azizjon Ne‘matullayev (31), Ilhom Yusubjonov (40).