😎 Nazorat o’yinida “Bunyodkor” mag’lub etildi

➡️ Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz “Bunyodkor” akademiyasi sun’iy maydonida “Bunyodkor”ga qarshi nazorat o’yini o’tkazdi.

➡️ 2022-yildagi ilk o’yinimiz kichik 1:0 hisobidagi g’alaba bilan yakunlandi. Uchrashuvda “Bunyodkor” himoyachisi Davron Ergashev o’z darvozasiga kiritgan gol yagonaligini saqlab qoldi.