➡️ Futzal bo’yicha mamlakat chempionatining 6-turi 1-kuni doirasida jamoamiz “Dinamo”ga qarshi bahs olib bordi.
➡️ Garchi, birinchi bo’limni 0:2 hisobida mag’lub bo’lib tugatgan bo’lsa-da, jamoamiz o’zida kuch topib, 3 gol urishga erishgandi. Ammo bahs yakuniga 3 soniya vaqt qolganida darvozamizdan gol o’tkazib yubordik va g’alabani qo’ldan chiqardik.
“Dinamo” — “Lokomotiv” 3:3
Gollar: Qosimjon Safarov (5), Shahram Faxriddinov (14), Ikrom Karimov (40) — Dilmurod Shavkatov (26), Ravshan Eliboyev (34), Akbar Usmonov (35)