Futzal bo’yicha mamlakat chempionati 6-turi 2-kuni doirasida jamoamiz “Stroitel-Zarafshon”ga qarshi bahs bo’lib o’tdi.
Unda jamoamiz 4:5 hisobida mag’lub bo’ldi. So’nggi daqiqada ham “Lokomotiv” hisobda oldinda borayotgandi. Ammo dabl-penalti o’yin taqdirini o’zgartirib yubordi. Keyinchalik hujumga zo’r bergan jamoamiz beshinchi futzalchini maydonga tushirgan holda tavakkalga qo’l urdi va yakunda so’nggi golni ham o’tkazib yubordi.
Qayd etish kerak, ayni damda tarkibda ko’plab yo’qotishlar bor. Zaxira o’rindig’ining torligi ham natijaga ta’sir qildi.
LOKOMOTIV — STROITEL-ZARAFSHON 4:5
Gollar: Boburbek Ergashev (17, 35), Umid Mo‘minov (30 avtogol), Akbar Usmonov (33) — Shuhrat Ma‘murov (5), Jasur Haydarqulov (15, 22, 39), Ravshan Tolibov (40)