💥 Muhammadanas Hasanov – “Lokomotiv” futbolchisi!

👉 Iste’dodli yarim himoyachi “temiryo‘lchilar” bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

⚽️ O‘tgan mavsum “Qo‘qon-1912″da o‘ynab muxlislar mehrini qozongan Muhammadanas Hasanov “Lokomotiv” safiga qo‘shildi. Mohir futbolchi ikki yillik shartnoma imzoladi.

✅ Ma’lumot uchun, Muhammadanas Hasanov 1996 yil 22 yanvar kuni tug‘ilgan.

Katta futboldagi faoliyati:
2017 yil. “Qo‘qon-1912” 13 o‘yin
2018 yil. “Qo‘qon-1912” 25 o‘yin, 1 gol.
2019 yil. “Qo‘qon-1912” 9 o‘yin, 1 gol / “So‘g‘diyona” 7 o‘yin.
2020 yil. “Qo‘qon-1912” 22 o‘yin, 2 gol.
2021 yil. “Qo‘qon-1912” 26 o‘yin, 5 gol.

🚂 Muhammadanas Hasanovga “Lokomotiv”ga xush kelibsan deb qolamiz va uning jamoamizdagi faoliyatiga omad tilaymiz.👏