Muhammadanas Hasanov: “Lokomotiv”ga o‘tish – faoliyatimdagi burilish nuqtasi bo‘ladi”

“Lokomotiv”ning yangi futbolchisi Muhammadanas Hasanov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– “Lokomotiv” haqida fikrlaringiz. Bizning klubga o‘tish jarayoni qanday kechdi?
– Avvalambor, barchangizni kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman. Mavsum oldidan bir necha klublardan yaxshi takliflar bo‘lgandi. Barchasini ko‘rib chiqdim va “Lokomotiv”ning taklifini qabul qildim. Boshqa klublarning rahbarlariga ham minnatdorlik bildiraman.

– “Lokomotiv” siz uchun alohida chorlov bo‘la oladimi?
– “Lokomotiv”ning o‘yinlarini ancha vaqtdan buyon kuzatib boraman. So‘nggi yillardagi sovrinlar barchasidan dalolat. Albatta, bu men uchun alohida chorlov bo‘la oladi. Aytishim mumkinki, “Lokomotiv”ga o‘tish – faoliyatimdagi burilish nuqtasi bo‘lishini kutyapman.

– O‘zbekistonning 3 karra chempioni tarkibida o‘ynash qanchalik darajada bosim beradi?
– O‘zbekiston chempionatida barcha jamoalarda bosim bor. Albatta, muxlislar “Lokomotiv”dan doimo yuqori natijalarni talab qiladi. Shu sababli bu yerning ham bosimi bor. Buni tezroq yengib o‘tishga harakat qilaman.

– “Lokomotiv”dagi raqobat haqida nima deya olasiz?
– Har bir jamoada raqobat yuqori darajada bo‘ladi. Barchamiz bilamizki – raqobat futbolchining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Bu doimo futbolchining foydasiga xizmat qiladi.

– Ushbu mavsumda “Lokomotiv” tarkibida o‘zingizga qanday maqsad qo‘ygansiz?
– “Lokomotiv” bilan yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishim kerak. Klub rahbariyati futbolchilarga qo‘yilayotgan vazifalar o‘zgartirmaydi. Shu sababli ushbu mavsumda yuqori tempda o‘yin ko‘rsatishni istayman.