🎄 Yangi yilning ilk yaxshi xabari. Rustam Nartadjiyev “Loko”ga qaytdi🚂💪

👉 Yangi 2022 yilni yaxshi xabar bilan boshlaymiz. O‘tgan mavsumni “Surxon” safida o‘tkazgan iste’dodli darvozabon Rustam Nartadjiyev yana “temiryo‘lchilar” safiga qaytdi.

⚽️ Nartadjiyev yoshlikdan “Lokomotiv”da katta bo‘ldi va jamoamizni juda yaxshi biladi. Tarkibda Ignatiy Nesterov, Ma’mur Ikromov, Javohir Ilyosov kabi mohir darvozabonlar bo‘lgani uchun unga imkoniyat berilmagandi. Natijada Nartadjiyev “Surxon”ga borib o‘zini ko‘rsata oldi va tajriba orttirib ortga qaytdi.

▶️ Endilikda u ham asosiy darvozabon bo‘lish uchun kurash olib boradi. Shu o‘rinda Nartadjiyevga “Lokomotiv”ga qaytganing omadli bo‘lsin!” deb qolamiz.