🚂 “Lokomotiv” muxlislarni taqdirladi

👉 “Lokomotiv” PFK faoliyatida jamoamiz muxlislar klubi ham muhim o‘rin tutadi. Zero futbol muxlislar bilan qiziq. Ishqibozlarning stadionga kelib jamoani olqishlab turishi futbolchilarga ham katta motivasiya beradi.

🎄 Yangi yil bayram arafasida “Lokomotiv” bir necha mavsumdan beri “temiryo‘lchilar”ni qo‘llab kelayotgan fan-klub a’zolarini taqdirladi. “Lokomotiv” PFK bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov muxlislar klubi faollariga klub ramzi tushirilgan futbol to‘pi, futbolchilarimizning original liboslarini estalik sovg‘a sifatida topshirib, har o‘yinda jamoamizni olqishlab turishgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

👉 Shu o‘rinda Samandar To‘laganov, Umid Hamidullayev, Jamshid Tojiboyev, Timur Umarov, Sulton Salimov, Fayzullo Rahmonov, Muhammadali Zokirjonov va umuman “Lokomotiv” fan-klubidagi barcha muxlislarga Yangi yilda sihat-salomatlik, omad tilab qolamiz.

👍 Bizga muxlislik qilishda davom eting, biz esa Siz uchun g‘alaba qozonishga harakat qilamiz!💪

photo_2021-12-30_13-58-59