2009-yilda tug’ilgan tarbiyalanuvchilarimiz xotira turniridagi g’alabali odimini davom ettirmoqda

Namanganda ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Olimjon Ahmedov xotira turniri davom etmoqda.

Bugun Shavkat Ahmedjonov boshchiligidagi “Lokomotiv”-2009 jamoasi turnirdagi ikkinchi o’yinini o’tkazdi va unda Odil Ahmedov FA raqiblik qildi.

Shaxzod Ravshanbekov hamda Samir Soliyev gollarga mualliflik qilgan bahsda jamoamiz 2:0 hisobida g’alabaga erishdi va guruhdagi peshqadam sifatida pley-off bosqichiga yo’l oladigan bo’ldi.