“Lokomotiv” Temurxo‘ja Abduxoliqov bilan iliq xayrlashdi 🚂⚽️

Jamoamizni yana bir yetakchi futbolchi, mohir hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov tark etdi. Temurxo‘ja bu mavsum Superliga va O‘zbekiston Kubogi bahslarida 15ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

👉 U Superliga bahslarida 14ta gol bilan Dragan Cherandan so‘ng to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Endilikda ushbu futbolchi faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

🚂 “Lokomotiv” PFK Temurxo‘ja Abduxoliqovga jamoamiz safida to‘p tepib, “temiryo‘lchilar” rivojiga qo‘shgan hissasi uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda uning keyingi faoliyatiga omad tilaydi. 👏💪