2009 yil tarbiyalanuvchilarimiz xotira turnirni g‘alaba bilan boshlashdi 👏

👉 Bugun Namanganda ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Olimjon Ahmedov xotira turniri start oldi. Ushbu turnir mashhur futbolchi Odil Ahmedovning otasi xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilyapti.

⚽️ 2009 yil tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida tashkil qilingan musobaqani “Lokomotiv”-2009 g‘alaba bilan boshladi. Shavkat Ahmedjonov shogirdlari ilk turda Andijon futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobida zafar quchishdi. O‘yinda Sarvar Maxsumov dublga erishgan bo‘lsa, Muhamadilloh Toirjonov o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

Xotira turniridagi ilk g‘alaba bilan “Loko”-2009ni tabriklaymiz. 🚂💪