Jamshid Saidov va Akmal Shorahmedov “Lokomotiv” murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi

👉 Bugun “Lokomotiv” PFK rahbariyati va asosiy jamoa murabbiylar shtabi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉 Mazkur uchrashuvda jamoaning yangi bosh murabbiyi etib Denis Korostichenko tayinlandi. Yig‘ilishda Korostichenkoga yordam beradigan murabbiylar shtabi ham belgilab olindi.

▶️ Ko‘pchilikka yaxshi tanish Jamshid Saidov hamda ushbu mavsum futbolchilik faoliyatini yakunlagan Akmal Shorahmedov asosiy jamoamiz murabbiylar shtabidan joy olishdi. Jamshid Saidov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borsa, Akmal Shorahmedov jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlaydi.

▶️ Murabbiylar shtabida shuningdek, tajribali Andrey Miklyayev bilan darvozabonlar murabbiyi Alisher Ahmedov ham faoliyat yuritadi.