“Paxtakor”ga qarshi ketma-ket o‘yinlar

👉 12 noyabr kuni U-18 chempionati doirasida “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bunda futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

👉 Shu hafta esa bizni “Paxtakor”ga qarshi yana ikkita bahs kutmoqda. 19 noyabr kuni U-21 birinchiligidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi o‘tkazilsa, 20 noyabrda Superliga 25-tur doirasida asosiy jamoamiz “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi

👉 U-18 jamoamiz boshlab bergan muvaffaqiyatli natijani yoshlarimiz va asosiy jamoamizdan ham kutib qolamiz.