U-16 chempionati. “Lokomotiv” peshqadam sifatida pley-offga yo’l oldi🚂💨

U-16 chempionatining 3-tur o’yinlari yakuniga yetdi.

So’nggi turda jamoamiz Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 4:2 hisobida g’alabaga erishdi. Guruhdagi ikkinchi bahsda esa “Turon” kichik hisobda “Xorazm”ni mag’lub etgani sababli jamoamiz C guruhida peshqadam sifatida pley-off yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

LOKOMOTIV U16 — QIZILQUM U16 4:2
Gollar: Kamronbek Yigitaliyev, 8 (1:0), Ibrohimjon Qurbonov, 17 (2:0), Javohir Baxtiyorov, 37 (3:1), Abdusaid Xabibullayev, 27 avtogol (2:1), Saidafzalxon Mahmudov, 40 (4:1), Jahongir Erkinov, 59 (4:2)