Rifat Akramxo‘jayev har ikkala derbida g‘alaba qozondi 👏

🚂 “Lokomotiv” U-18 Rifat Akramxo‘jayev qo‘l ostida ijobiy natijalar qayd etmoqda.

⚽️ Kecha TTYMI stadionida “Paxtakor” U-18ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan yoshlarimiz 18 oktyabr kuni “Bunyodkor” U-18ni ham shu hisobda mag‘lub etishgandi.

▶️ Shu tariqa Rifat Akramxo‘jayev har ikkala Toshkent derbisida g‘alaba qozondi. “Bunyodkor” U-18 darvozasiga Abdulloh Yo‘ldoshev, “Paxtakor” U-18 bilan o‘yinda esa Ali Abdurahmonov gol muallifi bo‘ldi.

❗️”Lokomotiv” U-18 oxirgi turni 16 noyabr kuni safarda “Andijon” U-18ga qarshi o‘tkazadi.