📸 Mavsumning birinchi yarmi yakunlari: Kim nechta gol urdi? ⚽️

Superligada birinchi davra tugamagan bo‘lsa-da, mavsumning birinchi yarmi o‘z yakuniga yetdi va jamoalar yozgi ta’tilga chiqishdi.👇

“Lokomotiv” Superligada 12ta o‘yin o‘tkazib, shundan to‘rttasida g‘alaba qozondi. Jamoamiz uch marta durang qayd etib, besh bor mag‘lub bo‘ldi.

➡️ “Temiryo‘lchilar” ortda qolgan 12 turda raqiblar darvozasiga 16ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Gollar bo‘yicha “Loko” 6-o‘rinda boryapti.
1. “Paxtakor” – 25
2. “Nasaf” – 22
3. AGMK – 19
4. “Bunyodkor” – 19
5. “So‘g‘diyona” – 18
6. “Lokomotiv” – 16

➡️ Mavsumning birinchi yarmida “temiryo‘lchilar” tarkibida eng ko‘p gol urgan Temurxo‘ja Abduxoliqov bo‘ldi. Mohir hujumchi hisobida hozircha 5ta gol bor. Quyida “Loko” safida Superliganing dastlabki 12 turida to‘p kiritgan futbolchilarni keltirib o‘tamiz.

Temurxo‘ja Abduxoliqov – 5
Diyor Turopov – 3
Javohir Sidiqov – 2
Marat Bikmayev – 1
Kaxi Maxaradze – 1
Islom Qobilov – 1
Sanjar Qodirqulov – 1
Gʻulom-Haydar Gulyamov – 1
Azizbek Amonov – 1

photo_2021-07-07_14-14-49