O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov kelgusi rejalarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, terma 15-27-avgust hamda 14-25-sentyabr kunlari yig‘inda bo‘ladi.
O‘zPFL shundan kelib chiqib, ayollar futbol klublarining navbatdagi uchrashuvlari sanalarini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, ayollar chempionatida 12-tur bellashuvlari 3 avgust kuni start oladi. I bosqichning so‘nggi turi esa 29-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.