Temurxo‘ja Abduxoliqovga ehtirom ko‘rsatildi

“Lokomotiv” hujumchisi Temurxo‘ja Abduxorliqov o‘tgan mavsum o‘z gollarini sonini 100taga yetkazib olgandi.

O‘tgan yil Superliganing 11-turidan o‘rin olgan bahsda “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushib, bu o‘yinda Abduxoliqov raqib darvozasiga to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.

Aynan shu gol tufayli Temurxo‘janing O‘zbekiston chempionati, O‘zbekiston Kubogi, Osiyo chempionlar ligasi va O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi gollari soni 100taga yetib, u ham Gennadiy Krasniskiy nomidagi to‘purarlar klubi a’zosiga aylangandi.

Temurxo‘ja Abduxoliqovning 100ta goli:
O‘zbekiston chempionati – 71 gol (“Paxtakor” – 22, “Lokomotiv” – 49)
O‘zbekiston Kubogi – 14 gol (“Paxtakor” – 6, “Lokomotiv” – 8)
Osiyo chempionlar ligasi – 13 gol (“Paxtakor” – 4, “Lokomotiv” – 9)
O‘zbekiston MTJ – 2 gol (Tailand, KXDR)

O‘tgan yil vaziyat shunday bo‘ldiki, pandemiya sabab Temurxo‘ja Abduxoliqovni O‘FA tomonidan taqdirlash imkoni bo‘lmadi. Shu bois oradan vaqt o‘tib kechagi “Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvida O‘FA Faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqov stadionimizga tashrif buyurib, o‘yindan oldin Temurxo‘jani Abduxoliqovni Gennadiy Krasniskiy nomidagi to‘purarlar klubi a’zolariga beriladigan maxsus sovrin bilan taqdirladi. Shuningdek, klubimiz tomonidan futbolchiga zarbof to‘n va jamoamiz vakillari imzosi tushirilgan futbol to‘pi esdalik uchun topshirildi.

photo_2021-04-17_14-19-38 photo_2021-04-17_14-19-37-2 photo_2021-04-17_14-19-37 photo_2021-04-17_14-19-36

E’tibor va ehtiromdan ruhlangan mohir hujumchi kecha ajoyib namoyish etib, raqib darvozasiga to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi va uning goli “temiryo‘lchilar”ga 3 ochko keltirdi. Biz Temurxo‘ja Abduxoliqovga faoliyati davomida yanada ko‘proq gollar urib, jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishini tilab qolamiz.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.