Temurxo‘ja Abduxoliqov “chaqaloq” kim ekanligini aytdi

Coca Cola Superligasi 6-turi doirasida “Bunyodkor” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi g‘alaba haqida gapirdi.

– Avvalo g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin haqida gapirsangiz.
– Tabriklar uchun rahmat. O‘z navbatida klub muxlislari, shu yerda ishlayotgan barchani, shuningdek, shu klub uchun qayg‘uradiganlarni ham g‘alaba bilan tabriklab qolaman. Ikki jamoa ham o‘yinni extiyotkorlik bilan boshladi. Dastlabki bo‘limda o‘z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Ammo ikkinchi bo‘limda tezkor gol urib, o‘yinning borishini o‘zgartirib yubordik. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin himoyada biroz sarosima bo‘ldi. Lekin himoyada yaxshi o‘yin namoyish qildik. “Bunyodkor”ni qarshi hujumda ushlashga harakat qildik. Asosiysi – uch ochko qo‘lga kiritildi.
– Jamoa g‘alabalar yo‘liga qaytayotganidan futbolchilar Mikael Sekeyraning uslubiga mos tushmoqda, desak bo‘ladimi?
– Albatta. Klopp “Liverpul”da sovrinlar qo‘lga kiritishi uchun bir necha yillar kerak bo‘ldi. Sulsher ham bir necha yillar o‘tib, “Yunayted”da yaxshi jamoa shakllantirdi. Har sabr qilish, moslashuv uchun vaqt berish kerak. Biz jamoa sifatida, Mikael Sekeyra esa murabbiy sifatida o‘sishga erishyapmiz.
– Golingizni chaqaloqqa bag‘ishladingiz. Bu kimga atalgandi?
– Bu Ulug‘bek aka edilar. Shu orqali uning tug‘ilgan kuni bilan tabrikladik. O‘yin paytida bu esdan chiqqan ekan. Jamoadoshlarimiz bilan golni shu tariqa nishonlashga qaror qildik.

photo_2021-04-16_19-51-04