🎤 Mikael Sekeyra: “Adolatli g‘alabaga erishdik”

“Bunyodkor”ga qarshi o‘yindan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.👇

– Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Maydonda ikki ajoyib jamoa kurashdi. “Bunyodkor” ham kuchli jamoa ekan. Menimcha, g‘alabamiz adolatli bo‘ldi. Chunki bugun “Lokomotiv” ham yaxshi o‘yin namoyish qildi. Barcha futbolchilarni tabriklayman. Aprel oyida futbolchilar ajoyib g‘alabalarga erishishdi.

Umuman olganda ushbu g‘alabada klubdagi barchaning o‘z o‘rni bor. Ularni ham tabriklab, minnatdorlik bildirib qolaman. Bu yerdagi barcha juda katta mehnat qilishdi. Rahbariyat esa bu uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Shu boisdan bu g‘alaba klubda ishlaydigan barchaniki deya olaman.