Mikael Sekeyra – “Lokomotiv” bosh murabbiyi! 🚂⚽️

O‘z oldiga doim yuqori maqsadlarni qo‘yadigan “Lokomotiv” futbol klubi portugaliyalik murabbiy bilan kelishuvga erishdi. 👇

Shu paytgacha Portugaliyaning “Braga” klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan Mikael Sekeyra “temiryo‘lchilar” bilan 2 yillik bitimga imzo chekdi. 2011 yil UEFA Pro lisenziyasini qo‘lga kiritgan mutaxassis ushbu mavsumdan “Lokomotiv” PFK bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, 47 yoshli murabbiy 2006-2008 yilgi mavsumlarda “Braga” klubining yoshlar jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqargan. Shuningdek, 2010/2011 yilgi mavsumda klub bosh menejeri bo‘lib faoliyat yuritgan.

Mikael Sekeyra uchun Osiyo begona emas. Chunki portugaliyalik murabbiy 2018-2019 yilgi mavsumda Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubida U-21 jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish bilan birga asosiy tarkibda Rui Vitoriaga yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan.

Murabbiy erishgan yutuqlar haqida shuni aytish mumkin, Mikael Sekeyra “Braga” bosh menejeri bo‘lib ishlagan yil jamoa Yevropa Ligasi finalida o‘ynagan. Osiyodagi faoliyatida esa “Al Nassr” bilan Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritgan, qolaversa U-21 jamoasi bilan ham mamlakat birinchiligida zafar quchgan.

“Lokomotiv” PFK Mikael Sekeyraga “temiryo‘lchilar” oilasiga xush kelibsiz deb qoladi va murabbiyning O‘zbekistondagi faoliyatiga omad tilaydi. 👏